"UZCERT" xizmati ishga taklif etadi!
“UZCERT” xizmati malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi. Ish faoliyatingiz davomida o‘z bilim va tajribangizni oshirish, yangi bilim va ko’nikmalarga ega bo’lish hamda xalqaro tajribalarni o’rganish imkoniyatiga egasiz.
«UZCERT» xizmatida mavjud vakant lavozimlarga nomzodlar, belgilangan talablar asosida va qonunchilikda belgilangan tartibda mustaqil tanlovlar orqali tanlab olinadi.
Ishga kirish uchun quyidagi bilim va ko’nikmalar talab etiladi:
- O’rta maxsus va oliy texnik ma’lumot;
- Axborot va kiberxavfsizlik asoslari haqida umumiy tushuncha;
- Tarmoq texnologiyalari hamda tarmoq xavfsizligi to’g’risida umumiy tushuncha (TCP/IP, DNS, HTTP/HTTPS, VPN, firewall, IDS/IPS tizimlarini tushunish);
Operatsion tizimlar (Windows, Linux, MacOS, Android, iOS) haqida xavfsizlik nuqtai nazaridan tushunchaga ega bo’lish;
Kiberxavfsizlik hodisalariga chora ko’rish umumiy tushunchalariga ega bo’lish va Log-fayllarni tahlil qilish;
- Raqamli kriminalistika to’g’risida umumiy tushunchaga ega bo’lish;
- Tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, texnik muammolarga yechim qidirish hamda bosim ostida ishlay olish qobiliyati;
- Kiberxavfsizlik sohasidagi asosiy me’yoriy hujjatlar va standartlar bo’yicha tushunchaga ega bo’lish.
+99871 203 00 23
info[at]uzcert.uz
Kiberhodisa haqida xabar berish: incident[at]uzcert.uz
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko‘chasi 20-uy