"UZCERT" xizmati amaliyotga taklif etadi!

“UZCERT” xizmati yosh mutaxassislarni amaliyot o‘tashga taklif etadi. Amaliyot sizga, o‘z bilim va tajribangizni soha ekspertlari bilan bir muhitda mustahkamlash imkoniyatini beradi.

Amaliyot o’tash uchun quyidagi bilim va ko’nikmalar talab etiladi:

  • Axborot va kiberxavfsizlik asoslari haqida tushuncha;
  • Tarmoq texnologiyalari hamda tarmoq xavfsizligi haqida tushuncha;
  • Operatsion tizimlar haqida tushuncha; 
  • Analitik fikrlash, texnik muammolarga yechim qidirish hamda muloqot qila olish ko’nikmalari; 
  • Ushbu sohadagi asosiy me’yoriy hujjatlar va standartlarni tushunish.