"UZ" domenidagi
veb-saytlarni kiberxavfsizlikka tekshirish

Xizmatning asosiy maqsadi

Xizmatning asosiy maqsadi veb-resurslarda mavjud dasturiy va texnik zaifliklarni aniqlash, ulardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni baholash hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Tekshiruv davomida veb-saytning dasturiy ta’minoti, server sozlamalari, kontentni boshqarish tizimi, foydalanilayotgan plagin va modullar, autentifikatsiya mexanizmlari, ma’lumotlarni qayta ishlash jarayonlari hamda tashqi hujumlarga chidamliligi tahlil qilinadi.

Tekshiruv yo‘nalishlari

  • Veb-saytda zararli dasturiy kodlar mavjudligi
  • Sayt fayllarining noqonuniy o‘zgartirilganligi
  • Web-shell, backdoor va yashirin skriptlarning mavjudligi
  • Eskirgan yoki zaif CMS, plagin va modullar
  • SQL Injection zaifliklari
  • Cross-Site Scripting — XSS zaifliklari
  • Cross-Site Request Forgery — CSRF zaifliklari
  • Local File Inclusion va Remote File Inclusion zaifliklari
  • Masofadan kod bajarish imkonini beruvchi zaifliklar
  • Fayl yuklash funksiyasidagi xavfsizlik kamchiliklari
  • Autentifikatsiya va avtorizatsiya mexanizmlaridagi zaifliklar
  • Foydalanuvchi sessiyalarini boshqarishdagi kamchiliklar
  • Maxfiy ma’lumotlarning oshkor bo‘lishi
  • Noto‘g‘ri server va veb-ilova sozlamalari
  • SSL/TLS sertifikati va HTTPS sozlamalaridagi muammolar
  • Xavfsizlik HTTP sarlavhalarining mavjud emasligi yoki noto‘g‘ri sozlanganligi

Tekshiruv jarayoni

01

Avtomatlashtirilgan skanerlash

Zamonaviy xavfsizlik vositalari yordamida veb-resursning dasturiy va texnik holati kompleks skanerdan o‘tkaziladi.

02

Mutaxassislar tahlili

Aniqlangan natijalar mutaxassislar tomonidan qo‘lda tahlil qilinib, zaifliklarning haqiqatda mavjudligi va ulardan foydalanish imkoniyati tekshiriladi.

03

Xavflarni baholash

Zaifliklarning tashkilot faoliyatiga yetkazishi mumkin bo‘lgan zarari baholanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Muhim funksiyalarni qo‘lda tekshirish

Avtomatik skanerlash bilan bir qatorda veb-saytning muhim funksiyalari ham qo‘lda tekshiriladi. Jumladan, foydalanuvchini ro‘yxatdan o‘tkazish, tizimga kirish, parolni tiklash, fayl yuklash, qidiruv, ma’lumot kiritish shakllari, administrator paneli va boshqa interaktiv bo‘limlarning xavfsizligi o‘rganiladi.

Tekshiruv natijasi

Tekshiruv yakunida aniqlangan zaifliklar, ularning xavflilik darajasi, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan oqibatlar hamda kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalarni o‘z ichiga olgan ekspertiza xulosasi taqdim etiladi.