Savol va javoblar
1. Plastik kartangizdan pul o’g’irlanganda (moliyaviy firibgarlik) nima qilish kerak?
Plastik kartangizdan pul o’g’irlanganda yoki shu kabi moliyaviy firibgarlik holatlarga duch kelsangiz, Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik bo’linmasiga zudlik bilan murojaat etishingiz lozim. Ushbu turdagi holatlarga chora ko’rish “Kiberxavfsizlik markazi” DUK vakolatlariga kirmaydi.
IIVga murojaat: 102 raqami yoki https://gov.uz/oz/iiv/pages/murojaat-qilish-tartibi
CERT-CBUga murojaat: https://cert.cbu.uz/report, +998 (71) 232-10-13
2. Yolg’on sahifalar, veb-resurslar, ilovalar va h.k. larga (fake, fishing) duch kelganingizda nima qilish kerak?
Mazkur holatlar yuzasidan UZCERT xizmatining rasmiy “@uzcert_admin” Telegram akkauntiga yoki Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining rasmiy “@stop_kriminal_bot” Telegram botiga murojaat etishingiz mumkin.
3. Ijtimoiy tarmoqlar va shu kabi veb-resurslardagi profillaringiz hakerlik hujumiga uchraganida (o‘g‘irlanganida) nima qilish kerak?
Bunday holatlarda profilingiz zarar ko‘rgan tarmoqning ma’muriyatiga murojaat qilish tavsiya etiladi. Misol tariqasida:
Facebook: https://www.facebook.com/hacked
Gmail: https://support.google.com/mail/?hl=en#topic=7065107
Telegram: https://telegram.org/support
4. Axborot makonida tovlamachilik (shantaj), shaxsiy ma’lumotlaringizning tarqalishi va shu kabi holatlarda nima qilish kerak?
Bunday holatlarda profilingiz zarar ko‘rgan tarmoqning ma’muriyatiga va Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik bo’linmasiga murojaat etishingiz kerak.
IIVga murojaat: 102 raqami yoki https://gov.uz/oz/iiv/pages/murojaat-qilish-tartibi
5. Kiberxavfsizlik tahdidlari, hodisalari va zaifliklari yuzaga kelganida nima qilish kerak?
Tovlamachi viruslar (shifrlovchi ransomware), DoS/DDoS hujumlari, veb-resurslar buzilishi, axborot tizim va resurslarida aniqlangan zaifliklar va shu kabi holatlarda UZCERT xizmatining “incident@uzcert.uz” yoki rasmiy veb-saytidagi Murojaat yo’llash bo’limi orqali, shuningdek, ish vaqti uzluksiz (24/7) bo’lgan tezkor aloqa raqamlariga (555-02-1010) murojaat etishingiz mumkin.
+99871 203 00 23
info@uzcert.uz
Kiberhodisa haqida xabar berish: insident@uzcert.uz
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras shevchenko ko‘chasi 20-uy