Xakerlar Cisco Expressway tizimidagi kritik zaiflikdan faol foydalanib, qurilmalar ustidan tõliq nazoratni egallamoqda!

Cisco kompaniyasining videokonferensiyalar, masofaviy aloqa va korporativ kommunikatsiyalarni ta’minlaş uçun qõllaniladigan Cisco Expressway dasturiy yeçimida tajovuzkorlarga masofadan turib operatsion tizimda eng yuqori — root huquqlari bilan zararli buyruqlarni bajariş imkonini beruvçi kritik zaiflik aniqlandi.

Mazkur zaiflik CVE-2026-76466 identifikatori bilan qayd etilgan bõlib, uning xavflilik darajasi CVSS baholaş tizimi bõyiça 9,8 ball (kritik) bilan baholangan.

2026-yil 20-noyabr kuni AQŞ Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) mazkur zaiflikdan real kiberhujumlarda faol foydalanilayotganini ma’lum qilib, uni amalda foydalanilayotgan zaifliklar katalogiga (Known Exploited Vulnerabilities — KEV) kiritgan.

Cisco kompaniyasi mazkur zaiflik tõğrisida dastlab 2026-yil 21-oktabr kuni xabar bergan hamda uni bartaraf etuvçi xavfsizlik yangilanişlarini taqdim etgan.

Zaiflikdan muvaffaqiyatli foydalanish tajovuzkorlarga nafaqat zararlangan qurilma ustidan nazoratni egallaş, balki u orqali taşkilotning içki tarmoğidagi boshqa qurilmalarga ham ruxsatsiz kiriş imkonini berişi mumkin.

Cisco Expressway nima?

Cisco Expressway — korporativ aloqa tizimlarida xavfsiz masofaviy ulanişlarni, videokonferensiyalarni, ovozli aloqani hamda taşkilotning içki va taşqi kommunikatsiya xizmatlari õrtasidagi ma’lumot almashinuvini ta’minlovçi dasturiy yeçim hisoblanadi.

Mazkur yeçim ikkita asosiy komponentdan tashkil topgan:

  • Cisco Expressway-C (Core) — taşkilotning içki tarmoğida joylaştiriladigan hamda korporativ aloqa xizmatlari bilan integratsiyani ta’minlovçi komponent.
  • Cisco Expressway-E (Edge) — taşqi tarmoq va internet orqali amalga oşiriladigan masofaviy ulanişlarni ta’minlovçi, odatda demilitarizatsiyalangan tarmoq zonasida (DMZ) joylaştiriladigan komponent.

Cisco Expressway qurilmalari xizmatlarning uzluksizligini ta’minlaş, yuklamalarni taqsimlaş va tizimning işonçliligini oşiriş maqsadida yagona klasterga birlaştirilgan holda ham işlatilişi mumkin.

Aynan klaster tarkibida işlaydigan qurilmalardagi xavfsizlik mexanizmining kamçiligi mazkur zaiflikning yuzaga kelişiga sabab bõlgan.

Zaiflikning texnik mohiyati

Cisco kompaniyasining xavfsizlik xabarnomasiga kõra, mazkur zaiflik Cisco Expressway klasteridagi qurilmalar tomonidan foydalaniladigan ma’lumotlar bazasi xizmatida aniqlangan.

Zaiflikning yuzaga kelişiga quyidagi xavfsizlik kamçiliklari sabab bõlgan:

  • autentifikatsiya jarayonida doimiy saqlanuvçi cookie qiymatlaridan (Persistent Cookies) foydalanilişi;
  • mijoz sertifikatlarini tekşiriş mexanizmining tõğri işlamasligi;
  • klaster qurilmalari õrtasida TLS sertifikatlarini tekşiriş funksiyasi yoqilgan bõlsa ham, mijoz sertifikatlarining tegishli tartibda tekşirilmasligi.

Mazkur kamçiliklar natijasida zarur cookie qiymatlariga ega bõlgan va zaif qurilmaning ma’lumotlar bazasi xizmatiga tarmoq orqali ulana oladigan tajovuzkor odatiy autentifikatsiya jarayonidan õtmasdan operatsion tizimda buyruqlarni bajarişi mumkin.

Eng xavfli jihati şundaki, mazkur buyruqlar operatsion tizimning eng yuqori imtiyozli root hisob qaydnomasi huquqlari bilan bajariladi.

Bu esa tajovuzkorlarga qurilmaning tizim fayllari, konfiguratsiyalari, xizmatlari hamda boshqa muhim dasturiy komponentlari ustidan keng kõlamli nazorat õrnatiş imkonini beradi.

Zaiflikdan foydalanish orqali içki tarmoqqa kiriş xavfi

Cisco Expressway qurilmalarining klaster rejimida işlaşi mazkur zaiflikning ehtimoliy ta’sir doirasini yanada kengaytiradi.

F6 kompaniyasining kiberxavfsizlik bõyiça tadqiqotçilari tomonidan õrganilgan real kiberhodisalardan birida tajovuzkorlar taşkilotning internet orqali foydalanish mumkin bõlgan ikkita Cisco Expressway qurilmasini komprometatsiya qilgani aniqlangan.

Şundan sõng tajovuzkorlar zararlangan qurilmalardan biri orqali taşkilotning içki tarmoğida joylaşgan yana ikkita klaster qurilmasiga kirishga muvaffaq bõlgan.

F6 tadqiqotçilarining ma’lumotlari asosida kiberhujum oqibatlarining umumiy sxemasi.

Mazkur hodisa internet tarmoğiga bevosita ulanmagan Cisco Expressway qurilmalari ham klasterdagi boshqa zaif qurilmalar orqali kiberhujum n işoniga aylanişi mumkinligini kõr satadi.

Şu sababli xavfsizlik mutaxassislari nafaqat internetga oçiq qurilmalarni, balki klaster tarkibidagi barcha içki qurilmalarni ham tekşirişlari zarur.

Zaiflik tõğrisidagi asosiy ma’lumotlar

KõrsatkiçMa’lumot
Zaiflik identifikatoriCVE-2026-76466
Ta’sirlangan mahsulotCisco Expressway
Ta’sirlangan komponentKlasterdagi ma’lumotlar bazasi xizmati
CVSS bahosi9,8 ball
Xavflilik darajasiKritik (Critical)
Hujum vektoriTarmoq orqali (Network)
Zaiflikdan foydalanish şartiZaif qurilmaning klaster tarkibida bõlişi, zarur cookie qiymatlari va tarmoq orqali ulaniş imkoniyati
Foydalanuvçi ishtirokiTalab etilmaydi
Ehtimoliy oqibatRoot huquqlari bilan masofadan buyruqlarni bajariş
Dastlabki e’lon sanasi2026-yil 21-oktabr
CISA KEV katalogiga kiritilgan sana2026-yil 20-noyabr
Real kiberhujumlarda foydalanilişiFaol foydalanilmoqda
Muqobil bartaraf etiş usuli (Workaround)Mavjud emas

Zaiflik qaysi mahsulot va versiyalarga ta’sir qiladi?

Mazkur zaiflik klaster rejimida işlaydigan Cisco Expressway-C va Cisco Expressway-E mahsulotlarining jismoniy qurilma hamda virtual maşina kõrinişida joylaştirilgan talqinlariga ta’sir qiladi.

Cisco Expressway versiyasiTa’sirlangan mahsulotlarZaiflikni bartaraf etiş
X14 va undan oldingi versiyalarKlaster rejimida işlaydigan Expressway-C va Expressway-EZaiflik bartaraf etilgan yangi versiyaga õtiş
X15 turkumidagi X15.5.3 va undan oldingi versiyalarKlaster rejimida işlaydigan Expressway-C va Expressway-EX15.5.20 yoki undan keyingi xavfsiz versiyaga yangilaş

Cisco kompaniyasi tomonidan X15.5.20 mazkur zaiflik bartaraf etilgan birinçi versiya sifatida kõr satilgan.

Uşbu yangilaniş Cisco Expressway mahsulotlarida avvalroq aniqlangan bir qator boshqa xavfsizlik muammolarini bartaraf etuvçi tuzatişlarni ham õz içiga oladi.

Muhim: Cisco Expressway mahsulotining zaif versiyasidan foydalanilayotganining õzi qurilma aynan mazkur zaiflik ta’sirida ekanligini anglatmaydi. Qurilmaning klaster rejimida işlayotgani ham inobatga olinişi kerak.

Zaiflikdan foydalanish qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin?

Tajovuzkorlar mazkur zaiflikdan muvaffaqiyatli foydalangan taqdirda quyidagi harakatlarni amalga oşirişlari mumkin:

  • Qurilma ustidan tõliq nazoratni egallaş — operatsion tizimda eng yuqori darajadagi root imtiyozlarini qõlga kiritiş;
  • Masofadan zararli buyruqlarni bajariş — qurilmada ruxsatsiz dasturlar va skriptlarni işga tuşiriş;
  • Maxfiy ma’lumotlarni qõlga kiritiş — tizim konfiguratsiyalari, autentifikatsiya ma’lumotlari, sertifikatlar va boshqa maxfiy axborotlarni õğirlaş;
  • Taşkilotning içki tarmoğiga kiriş — komprometatsiya qilingan qurilma orqali boshqa klaster a’zolari va axborot tizimlariga ruxsatsiz ulanişga uriniş;
  • Yashirin masofaviy kiriş mexanizmlarini joylaştiriş — qurilmada uzoq muddat davomida ruxsatsiz faoliyat yuritiş uçun zararli dasturiy vositalarni õrnatiş;
  • Xavfsizlik mexanizmlarini izdan çiqariş — tizim konfiguratsiyalari va himoya sozlamalarini õzgartiriş;
  • Kiberhujum izlarini yashiriş — tizimdagi harakatlar jurnallarini õzgartiriş yoki õçirib taşlaş;
  • Korporativ aloqa xizmatlari faoliyatini buz iş — videokonferensiyalar, masofaviy ulanişlar va boshqa kommunikatsiya xizmatlarining uzluksiz işlaşiga salbiy ta’sir kõrsatiş.

Cisco Expressway qurilmalarining taşqi va içki tarmoqlar õrtasida aloqa õrnatişda muhim õrin tutişi sababli, ularning komprometatsiya qilinişi taşkilotning umumiy tarmoq infratuzilmasi xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi.

CISA zaiflikdan faol foydalanilayotganini tasdiqladi

2026-yil 20-noyabr kuni AQŞ Kiberxavfsizlik va infratuzilma xavfsizligi agentligi (CISA) CVE-2026-76466 zaifligini amalda foydalanilayotgan zaifliklar katalogiga (KEV) kiritgan.

Agentlik AQŞ federal idoralariga mazkur zaiflikni 2026-yil 23-noyabrga qadar bartaraf etiş hamda ta’sirlangan qurilmalarda komprometatsiya belgilarini aniql aş bõyiça belgilangan xavfsizlik talablarini bajariş vazifasini yuklagan.

Zaiflikning KEV katalogiga kiritilişi undan foydalanish xavfi faqat nazariy jihatdan mavjud emasligini, balki real kiberhujumlarda qõllanilayotganini anglatadi.

Şu sababli mazkur mahsulotlardan foydalanuvçi taşkilotlar xavfsizlik yangilanişlarini õrnatiş bilan bir qatorda, qurilmalar avvalroq komprometatsiya qilingan yoki qilinmaganligini ham aniql aşlari zarur.

Komprometatsiya belgilarini aniqlaş

Cisco Expressway qurilmalarida mazkur zaiflikdan foydalanish bilan boğliq ehtimoliy kiberhodisalarni aniql aş maqsadida quyidagi holatlarga alohida e’tibor qaratiş tavsiya etiladi:

Şubhali faoliyatTekşirilişi lozim bõlgan holatlar
Noodatiy tarmoq ulanişlariMa’lumotlar bazasi xizmatiga noma’lum IP-manzillardan amalga oşirilgan ulanişlar
Klasterdagi şubhali faoliyatKlaster a’zolari õrtasidagi odatiy faoliyatga mos kelmaydigan tarmoq aloqalari
Ruxsatsiz buyruqlarRoot huquqlari bilan bajarilgan noodatiy tizim buyruqlari
Şubhali fayllarNoma’lum skriptlar, bajariluvçi fayllar va zararli dasturlar
Konfiguratsiya õzgarişlariTizim xizmatlari va klaster sozlamalaridagi ruxsatsiz õzgarişlar
Şubhali çiquvçi trafikNoma’lum taşqi IP-manzillar va domenlarga amalga oşirilgan ulanişlar
Harakatlar jurnallaridagi õzgarişlarLog-fayllarning õçirilişi, õzgartirilişi yoki qayd etiş jarayonining tõxtatilişi
Autentifikatsiya bilan boğliq hodisalarNoodatiy hisob qaydnomalari, sertifikatlar va autentifikatsiya jarayonlari

Yuqorida keltirilgan holatlar umumiy komprometatsiya belgilari hisoblanadi. Ularning mavjudligi aynan CVE-2026-76466 zaifligidan foydalanilganini bevosita tasdiqlamaydi. Bunday holatlarda qõşimça texnik tekşiruv õtkaziş zarur.

UZCERT xizmati tavsiyalari

Mazkur zaiflikdan foydalanish bilan boğliq kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini oliş hamda axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlaş maqsadida quyidagi çoralarni kõriş tavsiya etiladi:

  • taşkilotning axborot-kommunikatsiya infratuzilmasida foydalanilayotgan Cisco Expressway-C va Cisco Expressway-E qurilmalarini inventarizatsiyadan õtkaziş;
  • qurilmalarning amaldagi dasturiy ta’minot versiyalarini hamda klaster rejimida işlayotgan yoki işlamayotganligini aniql aş;
  • Cisco Expressway dasturiy ta’minotini zudlik bilan X15.5.20 yoki undan keyingi xavfsiz versiyaga yangilaş;
  • klaster tarkibidagi barcha qurilmalarda xavfsizlik yangilanişlari muvaffaqiyatli õrnatilganligini tekşiriş;
  • Cisco Expressway qurilmalarining ma’lumotlar bazasi va ma’muriy boşqaruv xizmatlariga internet orqali ruxsatsiz ulaniş imkoniyatlarini çeklaş;
  • tarmoq segmentatsiyasini kuçaytiriş hamda klaster qurilmalari õrtasidagi tarmoq aloqalariga faqat zarur va işonçli manbalardan ruxsat beriş;
  • Firewall va ACL mexanizmlari orqali Cisco Expressway qurilmalariga amalga oşiriladigan kiruvçi va çiquvçi tarmoq ulanişlarini qat’iy nazorat qiliş;
  • internetga oçiq bõlgan qurilmalar bilan bir qatorda klaster tarkibidagi içki qurilmalarni ham komprometatsiya belgilari yuzasidan tekşiriş;
  • qurilmalarning harakatlar jurnallarini (log-fayllarini) saqlab oliş hamda SIEM, IDS/IPS va boshqa xavfsizlik monitoring vositalari orqali batafsil tahlil qiliş;
  • tizim fayllari, konfiguratsiyalar, foydalanuvçi hisob qaydnomalari va sertifikatlardagi ruxsatsiz õzgarişlarni aniql aş;
  • komprometatsiya belgilari aniqlangan qurilmalarni tarmoqdan izolyatsiya qiliş, raqamli dalillarni saqlaş hamda kiberhodisa yuzasidan çuqur texnik tekşiruv õtkaziş;
  • qurilmaning komprometatsiya qilingani tasdiqlangan taqdirda, uni işonçli dasturiy ta’minot asosida qayta tiklaş hamda tegishli parollar, autentifikatsiya kalitlari va sertifikatlarni yangilaş;
  • Cisco kompaniyasining rasmiy xavfsizlik xabarnomalarini muntazam kuzatib boriş hamda aniqlangan zaifliklarni õz vaqtida bartaraf etiş.

DIQQAT! Cisco kompaniyasi ma’lumotlariga kõra, mazkur zaiflikni dasturiy ta’minotni yangilamasdan bartaraf etişning muqobil usuli (Workaround) mavjud emas. Tarmoq ulanişlarini çeklaş va qõşimça himoya mexanizmlarini joriy etiş hujum xavfini kamaytiradi, biroq zaiflikni tõliq bartaraf etmaydi.

Şuningdek, xavfsizlik yangilanişlarini õrnatiş qurilmada avvalroq amalga oşirilgan kiberhujum oqibatlarini avtomatik ravishda bartaraf etmasligini inobatga oliş lozim.

Xulosa

Cisco Expressway dasturiy yeçimida aniqlangan CVE-2026-76466 kritik zaifligi tajovuzkorlarga masofadan turib root huquqlari bilan buyruqlarni bajariş, qurilmalar ustidan tõliq nazoratni egallaş hamda taşkilotning içki tarmoğiga kirib boriş imkonini berişi bilan jiddiy xavf tuğdiradi.

Mazkur zaiflikdan real kiberhujumlarda faol foydalanilayotgani hamda komprometatsiya qilingan qurilmalar orqali klasterning boshqa a’zolariga ham ruxsatsiz kirilgani xavfsizlik çoralarini keçiktirmasdan amalga oşiriş zarurligini kõr satadi.

Şu munosabat bilan Cisco Expressway mahsulotlaridan foydalanuvçi davlat organlari, taşkilotlar va xususiy sektor vakillariga xavfsizlik yangilanişlarini zudlik bilan õrnatiş, klaster tarkibidagi barcha qurilmalarni komprometatsiya belgilari yuzasidan tekşiriş hamda tarmoq infratuzilmasining xavfsizlik monitoringini kuçaytiriş tavsiya etiladi.