
Node.js platformasining simple-git kutubxonasida masofadan zararli kodlarni bajariş imkonini beruvçi kritik zaiflik aniqlandi!
Node.js muhitida Git buyruqlarini bajariş va Git repozitoriylarini boşqariş uçun keng qõllaniladigan simple-git dasturiy kutubxonasida tajovuzkorlarga masofadan turib serverda zararli buyruqlarni bajariş (Remote Code Execution — RCE) imkonini beruvçi kritik zaiflik aniqlandi.
Mazkur zaiflik CVE-2026-134815 identifikatori bilan qayd etilgan bõlib, uning xavflilik darajasi CVSS 4.0 baholaş tizimi bõyiça 9,2 ball (kritik) bilan baholangan.
Zaiflik foydalanuvçilardan qabul qilinadigan ma’lumotlarni Git buyruqlariga uzatiş jarayonida yetarli darajada tekşirilmasligi bilan boğliq. Natijada tajovuzkorlar maxsus şakllantirilgan sõrovlar orqali serverda ruxsatsiz buyruqlarni bajariş imkoniyatiga ega bõlişlari mumkin.
Taqdim etilgan ma’lumotlarga kõra, simple-git kutubxonasi npm paketlar platformasidan haftasiga 12 million martadan ortiq yuklab olinadi. Bu esa mazkur zaiflik Node.js asosida işlab çiqilgan kõplab axborot tizimlari, veb-ilovalar va dasturiy xizmatlarga ta’sir qilişi mumkinligini kõr satadi.
Simple-git kutubxonasi nima?
Simple-git — Node.js muhitida Git versiyalarni nazorat qiliş tizimi bilan işlaşni soddalaştiruvçi dasturiy kutubxona hisoblanadi.
Mazkur kutubxona dasturiy ilovalar orqali Git repozitoriylarini yuklab oliş, yangilaş, masofaviy repozitoriylar bilan aloqa õrnatiş, dasturiy kodlardagi õzgarişlarni saqlaş hamda Git buyruqlarini avtomatik ravishda bajariş imkonini beradi.
Simple-git kutubxonasi, asosan, quyidagi yõnalişlarda qõllaniladi:
- Node.js asosida işlab çiqilgan veb-ilovalar va axborot tizimlarida;
- dasturiy ta’minotni avtomatik yiğiş va joylaştiriş (CI/CD) jarayonlarida;
- DevOps infratuzilmasida;
- dasturiy kodlarni saqlaş va boşqariş platformalarida;
- Git repozitoriylari bilan avtomatik işlovçi xizmatlarda;
- dasturiy ta’minotni yangilaş va sinovdan õtkaziş tizimlarida.
Şu sababli mazkur kutubxonada aniqlangan zaiflik nafaqat alohida veb-ilovalar, balki dasturiy ta’minotni işlab çiqiş va yetkazib beriş infratuzilmasi uçun ham jiddiy xavf tuğdiradi.
Zaiflikning texnik mohiyati
AQŞ Milliy zaifliklar ma’lumotlar bazasida (National Vulnerability Database — NVD) e’lon qilingan ma’lumotlarga kõra, mazkur zaiflik simple-git kutubxonasining 4.1.0 versiyasidan oldingi versiyalarida mavjud bõlib, buyruq argumentlarini ruxsatsiz kiritiş (Argument Injection — CWE-88) bilan boğliq.
Muammoning asosiy mohiyati şundaki, kutubxona foydalanuvçi tomonidan kiritilgan ma’lumotlar bilan Git buyruqlarining maxsus parametrlarini bir-biridan yetarli darajada ajratmaydi.
Simple-git kutubxonasida xavfli Git parametrlaridan foydalan işni çeklaş uçun allowUnsafePack nomli xavfsizlik mexanizmi mavjud.
Biroq mazkur mexanizmning oldingi versiyalarida --exec parametridan foydalan iş faqat push amali doirasida çeklangan. Git tizimining boşqa ayrim buyruqlarida esa uşbu parametrdan foydalan iş imkoniyati saqlanib qolgan.
Natijada tajovuzkorlar kutubxonaning xavfsizlik mexanizmini çetlab õtişlari hamda Git orqali serverda ruxsatsiz dasturlar yoki buyruqlarni işga tuşirişlari mumkin.
Zaiflik, ayniqsa, foydalanuvçilardan qabul qilingan va yetarli darajada tekşirilmagan ma’lumotlarni simple-git kutubxonasining listRemote() yoki raw() funksiyalariga bevosita uzatuvçi ilovalarda xavf tuğdiradi.
Git tizimining ls-remote, archive, fetch-pack va send-pack kabi buyruqlarida xavfli parametrlarning yetarli darajada çeklanmaganligi mazkur muammoning yuzaga kelişiga sabab bõlgan.
Muvaffaqiyatli hujum natijasida zararli buyruqlar Node.js jarayoniga berilgan tizim huquqlari doirasida bajarilişi mumkin.
Zaiflikdan foydalan iş jarayoni
CVE-2026-134815 zaifligidan foydalan işning umumiy mexanizmi.
Alohida ta’kidlaş lozimki, simple-git kutubxonasining zaif versiyasi õrnatilgan barcha axborot tizimlari ham masofaviy hujumlarga bir xil darajada oçiq hisoblanmaydi.
Zaiflikdan masofadan foydalan iş uçun ilovada taşqi foydalanuvçi tomonidan yuborilgan ma’lumotlarning teg işli Git funksiyalariga uzatiliş imkoniyati mavjud bõlişi kerak.
Biroq bunday şaroit mavjud bõlgan tizimlarda tajovuzkordan autentifikatsiyadan õtiş yoki boshqa foydalanuvçinin ishtiroki talab etilmasligi mazkur zaiflikning xavflilik darajasini yanada oşiradi.
Zaiflik tõğrisidagi asosiy ma’lumotlar
| Kõrsatkiç | Ma’lumot |
|---|---|
| Zaiflik identifikatori | CVE-2026-134815 |
| Ta’sirlangan mahsulot | Node.js simple-git kutubxonasi |
| Zaiflik turi | Argument Injection (CWE-88) |
| CVSS 4.0 bahosi | 9,2 ball |
| Xavflilik darajasi | Kritik (Critical) |
| Hujum vektori | Tarmoq orqali (Network) |
| Hujum murakkabligi | Yuqori (High) |
| Qõşimça hujum şartlari | Mavjud |
| Autentifikatsiya | Talab etilmaydi |
| Foydalanuvçi ishtiroki | Talab etilmaydi |
| Ehtimoliy oqibat | Masofadan zararli kodlarni bajariş (RCE) |
| Tuzatilgan versiya e’lon qilingan sana | 2026-yil 16-noyabr |
| NVD bazasida e’lon qilingan sana | 2026-yil 22-noyabr |
Zaiflik qaysi dasturiy paketlarga ta’sir qiladi?
Mazkur zaiflik steveukx/git-js loyihasi doirasida işlab çiqilgan ikkita dasturiy paketga ta’sir qiladi.
| Dasturiy paket | Zaif versiyalar | Zaiflik bartaraf etilgan versiyalar |
|---|---|---|
simple-git | 4.1.0 dan oldingi versiyalar | 4.1.0 va undan keyingi versiyalar |
@simple-git/argv-parser | 3.0.0 dan oldingi versiyalar | 3.0.0 va undan keyingi versiyalar |
@simple-git/argv-parser paketi Git buyruqlariga uzatiladigan argumentlarni tahlil qiliş hamda xavfli parametrlarni aniql aş uçun xizmat qiladi.
Şu sababli xavfsizlik muammosini bartaraf etişda har ikkala dasturiy paketning amaldagi versiyalarini tekşiriş va ularni xavfsiz versiyalarga yangilaş muhim hisoblanadi.
Mazkur paketlar ayrim loyihalarda bevosita, ayrimlarida esa boshqa dasturiy kutubxonalarga boğliq komponent (Transitive Dependency) sifatida õrnatilgan bõlişi mumkin.
Zaiflikdan foydalan iş qanday oqibatlarga olib kelişi mumkin?
Tajovuzkorlar mazkur zaiflikdan muvaffaqiyatli foydalangan taqdirda, Node.js jarayonining mavjud tizim huquqlariga boğliq ravishda quyidagi harakatlarni amalga oşirişlari mumkin:
- Masofadan zararli buyruqlarni bajariş — server operatsion tizimida ruxsatsiz buyruqlar va dasturlarni işga tuşiriş;
- Maxfiy ma’lumotlarni õğirlaş — konfiguratsiya fayllari, API kalitlari, autentifikatsiya tokenlari va boshqa maxfiy axborotlarni qõlga kiritiş;
- Dasturiy kodlarni komprometatsiya qiliş — Git repozitoriylaridagi dasturiy kodlarni ruxsatsiz õqiş yoki õzgartiriş;
- Zararli dasturlarni joylaştiriş — serverga yashirin masofaviy kiriş mexanizmlari (Backdoor) yoki boshqa zararli dasturiy vositalarni õrnatiş;
- Axborot tizimlari faoliyatini izdan çiqariş — muhim fayllarni õçiriş, õzgartiriş yoki dasturiy xizmatlarning işlaşiga tõsqinlik qiliş;
- CI/CD infratuzilmasini komprometatsiya qiliş — dasturiy ta’minotni yiğiş, sinovdan õtkaziş va joylaştiriş jarayonlariga zarar yetkaziş;
- Tarmoq bõylab tarqaliş — qõlga kiritilgan autentifikatsiya ma’lumotlari orqali boshqa axborot tizimlariga ruxsatsiz kirişga uriniş;
- Dasturiy ta’minot yetkazib beriş zanjiriga hujum qiliş — dasturiy mahsulotlarga zararli õzgarişlar kiritiş orqali boshqa tizimlar xavfsizligiga tahdid soliş.
Agar Node.js ilovasi administrator yoki root huquqlari bilan işga tuşirilgan bõlsa, hujumning ehtimoliy oqibatlari yanada jiddiy bõlişi mumkin.
Simple-git kutubxonasida avval ham shu turdagi zaifliklar aniqlangan
Mazkur zaiflik simple-git kutubxonasida Git buyruqlariga uzatiladigan argumentlarni nazorat qiliş bilan boğliq birinçi xavfsizlik muammosi emas.
| Zaiflik | Zaiflikning qisqa tavsifi |
|---|---|
| CVE-2022-24433 | fetch() funksiyasiga uzatiladigan Git parametrlarini yetarli darajada nazorat qilmaslik natijasida zararli buyruqlarni bajariş imkoniyati. |
| CVE-2026-28292 | Muntazam ifodalar yordamida amalga oşiriladigan xavfsizlik tekşiruvidagi kamçilik tufayli avvalgi himoya mexanizmlarini çetlab õtiş imkoniyati. |
| CVE-2026-6951 | Git konfiguratsiya parametrlarini çeklaş mexanizmining tõliq amalga oşirilmaganligi bilan boğliq zaiflik. |
| CVE-2026-134815 | Xavfli Git parametrlarini nazorat qiliş mexanizmini çetlab õtiş orqali serverda zararli buyruqlarni bajariş imkoniyati. |
Uşbu holatlar xavfli parametrlarni faqat taqiqlangan qiymatlar rõyxati (Blocklist) asosida çeklaş har doim ham yetarli emasligini kõr satadi.
Git tizimida ayrim parametrlarni turli şakllarda ifodalaş imkoniyati mavjudligi sababli, dasturiy ilovalarda faqat oldindan belgilangan va ruxsat etilgan qiymatlardan foydalan iş (Allowlist) yanada işonçli xavfsizlik yondaşuvi hisoblanadi.
Zaiflikni bartaraf etiş uçun qanday yangilanişlar taqdim etildi?
2026-yil 16-noyabr kuni simple-git kutubxonasining işlab çiquvçilari 4.1.0 versiyasini taqdim etgan.
Mazkur versiyada xavfsizlik mexanizmlari takomillaştirilgan bõlib, quyidagi muhim õzgarişlar amalga oşirilgan:
allowUnsafePackxavfsizlik mexanizmi takomillaştirilgan va--execparametridan foydalan işrebasebuyrğidan taşqari barcha Git buyruqlarida çeklangan;- Git konfiguratsiyalariga oid xavfsizlik nazoratini kuçaytiruvçi
allowConfigparametri qõşilgan; - buyruqlar va argumentlarni qat’iy nazorat qiliş uçun
strictrejimi joriy etilgan; - foydalanuvçi tomonidan uzatiladigan qiymatlarni Git buyruqlarining maxsus parametrlaridan ajratiş uçun
git.cmdyordamçi mexanizmi qõşilgan; - Git argumentlarini tekşiriş va xavfli parametrlarni aniql aş mexanizmlari takomillaştirilgan.
Mazkur yangilanişlar nafaqat CVE-2026-134815 zaifligini bartaraf etişga, balki kelgusida argumentlarni ruxsatsiz kiritiş bilan boğliq xavfsizlik muammolarining oldini olişga ham qaratilgan.
UZCERT xizmati tavsiyalari
Mazkur zaiflikdan foydalan iş bilan boğliq kiberxavfsizlik tahdidlarining oldini oliş hamda axborot tizimlari va resurslarining xavfsizligini ta’minlaş maqsadida quyidagi çoralarni kõriş tavsiya etiladi:
- Node.js asosida işlab çiqilgan axborot tizimlari, veb-ilovalar va dasturiy xizmatlarda foydalanilayotgan kutubxonalarni inventarizatsiyadan õtkaziş;
simple-gitkutubxonasini 4.1.0 yoki undan keyingi xavfsiz versiyaga yangilaş;@simple-git/argv-parserpaketini 3.0.0 yoki undan keyingi xavfsiz versiyaga yangilaş;- dasturiy loyihalarda bevosita va bilvosita õrnatilgan simple-git paketlarini aniql aş hamda ularning versiyalarini tekşiriş;
listRemote()varaw()funksiyalariga foydalanuvçilar tomonidan kiritilgan, tekşirilmagan ma’lumotlarning bevosita uzatilişiga yõl qõymaslik;- Git repozitoriylarining URL-manzillari, tarmoq şoxobçalari (Branch) nomlari va boshqa argumentlarni oldindan belgilangan xavfsizlik talablari asosida tekşiriş;
- Node.js ilovalarini administrator yoki
roothuquqlari bilan işga tuşirmaslik hamda ularga faqat zarur bõlgan minimal tizim huquqlarini taqdim etiş; - CI/CD infratuzilmasida foydalanilayotgan dasturiy paketlar, autentifikatsiya tokenlari va maxfiy kalitlarning xavfsizligini qayta kõrib çiqiş;
- dasturiy komponentlardagi zaifliklarni aniql aş uçun SCA (Software Composition Analysis) vositalaridan muntazam foydalaniş;
- dasturiy paketlarning versiyalarini
package-lock.jsonfayli orqali nazorat qiliş hamda avtomatlaştirilgan yiğiş jarayonlaridanpm cibuyruğidan foydalaniş; - Node.js va Git jarayonlari tomonidan işga tuşirilgan noodatiy jarayonlarni, şubhali tarmoq ulanişlarini hamda tizim fayllaridagi ruxsatsiz õzgarişlarni monitoring qiliş;
- komprometatsiya belgilari aniqlangan taqdirda, zararlangan tizimlarni tarmoqdan izolyatsiya qiliş, raqamli dalillarni saqlaş hamda teg işli texnik tekşiruvlarni amalga oşiriş.
Zaif dasturiy paketlarni aniql aş
Tizim administratorlari va dasturiy ta’minot işlab çiquvçilari loyiha tarkibida simple-git kutubxonasi hamda unga boğliq paketlarning mavjudligini quyidagi buyruqlar orqali tekşirişlari mumkin:
npm ls simple-git --all
npm ls @simple-git/argv-parser --all
npm audit
Uşbu buyruqlar loyiha tarkibidagi paketlar versiyalarini, bilvosita õrnatilgan komponentlarni hamda npm xavfsizlik ma’lumotlar bazasida qayd etilgan zaifliklarni aniql aşga yordam beradi.
Yangilanişlar amalga oşirilganidan sõng dasturiy ilovani qayta yiğiş, sinovdan õtkaziş va amaldagi muhitga joylaştiriş, şuningdek, zaif versiyalarning saqlanib qolmaganligini qayta tekşiriş zarur.
Xulosa
Node.js platformasining simple-git kutubxonasida aniqlangan CVE-2026-134815 kritik zaifligi foydalanuvçilardan qabul qilinadigan ma’lumotlarni Git buyruqlariga uzatiş jarayonidagi xavfsizlik nazoratining yetarli emasligi oqibatida yuzaga kelgan.
Mazkur zaiflik teg işli hujum şartlari mavjud bõlgan axborot tizimlarida tajovuzkorlarga autentifikatsiyadan õtmasdan serverda zararli buyruqlarni bajariş, maxfiy ma’lumotlarni qõlga kiritiş hamda dasturiy ta’minotni işlab çiqiş infratuzilmasiga zarar yetkaziş imkonini berişi mumkin.
Simple-git kutubxonasining keng qõllanilişi va boshqa dasturiy paketlar tarkibida bilvosita õrnatilişi mumkinligi mazkur tahdidning ehtimoliy ta’sir kõlamini yanada kengaytiradi.
Şu sababli Node.js asosida axborot tizimlari va resurslarini işlab çiquvçi hamda ulardan foydalanuvçi tashkilotlarga dasturiy komponentlarni zudlik bilan xavfsiz versiyalarga yangilaş, foydalanuvçilardan qabul qilinadigan ma’lumotlarni qat’iy nazorat qiliş va dasturiy ta’minot yetkazib beriş zanjiri xavfsizligini kuçaytiriş tavsiya etiladi.



