WordPress dasturida masofadan zararli kodlarni bajariş, SQL-inyeksiya va boşqa kiberhujumlarga sabab bölişi mumkin bölgan 20 ta xavfsizlik muammosi bartaraf etildi!

2026-yil 18-noyabr kuni WordPress kontentni boşqariş tizimining 7.1.5 versiyasi çiqarilib, dasturiy taʼminotda aniqlangan 20 ta xavfsizlik muammosi bartaraf etildi. Mazkur yangilaniş autentifikatsiyadan ötmasdan masofadan turib zararli kodlarni bajarişga olib kelişi mumkin bölgan zaiflik, ikkita SQL-inyeksiya (SQL Injection), saytlararo skriptlarni bajariş (Cross-Site Scripting — XSS), maxfiy maʼlumotlarning oşkor bölişi hamda foydalanuvçi huquqlarini noqonuniy oşiriş bilan boğliq xavfsizlik kamçiliklarini öz içiga oladi.

Ayniqsa, aniqlangan zaifliklardan biri tajovuzkorlarga WordPress tizimida röyxatdan ötmasdan qöşimça huquqlarni qölga kiritiş va muayyan şaroitlarda serverda zararli dasturiy kodlarni bajariş imkonini berişi mumkinligi bilan alohida xavf tuğdiradi.

Bundan taşqari, WordPress Multisite muhitida aniqlangan boşqa bir zaiflik alohida sayt administratoriga butun saytlar tarmoğini boşqariş huquqini qölga kiritiş imkonini berişi mumkin.

WordPress xavfsizlik jamoasi mazkur muammolarning jiddiyligini inobatga olib, barça veb-sayt administratorlariga dasturiy taʼminotni imkon qadar tezroq yangilaşni tavsiya etmoqda.

WordPress dasturi va uning axborot tizimlaridagi ahamiyati

WordPress — veb-saytlar, axborot portallari, korporativ sahifalar, bloglar va elektron tijorat platformalarini yaratiş hamda boşqarişda keng qöllaniladigan oçiq kodli kontentni boşqariş tizimi (Content Management System — CMS) hisoblanadi.

Mazkur platforma foydalanuvçilarga murakkab dasturlaş bilimlarisiz veb-sahifalar yaratiş, maqolalar joylaştiriş, multimedia materiallarini boşqariş hamda turli qöşimça modullar orqali sayt imkoniyatlarini kengaytiriş imkonini beradi.

WordPress dasturidan davlat va xususiy sektor taşkilotlari, taʼlim muassasalari, ommaviy axborot vositalari hamda tijorat korxonalari tomonidan keng foydalaniladi.

Şu sababli platformaning asosiy dasturiy qismida — WordPress Core komponentida aniqlangan xavfsizlik zaifliklari köplab veb-resurslarning axborot xavfsizligiga taʼsir körsatişi mumkin.

WordPress Core dasturiy taʼminotning asosiy funksiyalarini, jumladan, foydalanuvçilarni autentifikatsiya qiliş, maʼlumotlar bazasi bilan işlaş, sahifalarni şakllantiriş, kontentni boşqariş va foydalanuvçi huquqlarini nazorat qiliş mexanizmlarini taʼminlaydi.

Şu bois mazkur komponentdagi zaifliklar faqat alohida plagin yoki mavzuga emas, balki WordPress asosida işlovçi veb-saytlarning asosiy xavfsizlik mexanizmlariga ham taʼsir qilişi mumkin.

WordPress 7.1.5 versiyasida bartaraf etilgan asosiy zaifliklar

1. Autentifikatsiyasiz huquqlarni oşiriş va masofadan zararli kodlarni bajariş xavfi

Yangi xavfsizlik yangilanişidagi eng jiddiy muammolardan biri WordPress dasturining Template Part blokida aniqlangan zaiflik hisoblanadi.

Mazkur zaiflik xavfsizlik tadqiqotçisi Logan Homolka tomonidan aniqlangan.

Template Part bloki WordPress veb-saytlarida bir neçta sahifada takroran işlatiladigan dizayn qismlarini, jumladan, sayt sarlavhasi, navigatsiya menyusi va pastki qismidagi elementlarni boşqariş uçun qöllaniladi.

Aniqlangan xavfsizlik kamçiligi autentifikatsiyadan ötmagan tajovuzkorga özida mavjud bölmagan huquqlarni qölga kiritiş imkonini berişi mumkin.

Muayyan şaroitlarda uşbu holat masofadan turib zararli kodlarni bajariş (Remote Code Execution — RCE) xavfini yuzaga keltiradi.

Zaiflikdan muvaffaqiyatli foydalanilgan taqdirda, tajovuzkor veb-sayt faoliyatiga ruxsatsiz taʼsir körsatişi, uning ayrim funksiyalarini boşqarişi yoki qöşimça şaroitlar mavjud bölsa, serverda zararli dasturiy kodlarni işga tuşirişi mumkin.

Biroq WordPress tomonidan eʼlon qilingan maʼlumotlarda uşbu zaiflikdan real kiberhujumlarda foydalanilgani tasdiqlanmagan. Şuningdek, masofadan kod bajariş aynan qaysi konfiguratsiyalarda amalga oşişi mumkinligi batafsil oçiqlanmagan.

Şu sababli mazkur zaiflikni barça WordPress serverlarida bevosita kod bajariş imkonini beruvçi universal xatolik sifatida baholaş töğri bölmaydi.

2. SQL-inyeksiya orqali maʼlumotlar bazasiga ruxsatsiz taʼsir körsatiş xavfi

WordPress 7.1.5 versiyasida maʼlumotlar bazasi bilan işlaş mexanizmlariga taʼsir qiluvçi ikkita alohida SQL-inyeksiya zaifligi ham bartaraf etilgan.

Birinçi zaiflik xavfsizlik tadqiqotçisi Çristiaan Swiers tomonidan WordPress dasturining WP_Meta_Query komponentida aniqlangan.

Mazkur komponent veb-saytdagi turli obyektlarga tegişli qöşimça maʼlumotlar — metamaʼlumotlar asosida maʼlumotlar bazasiga sörovlar şakllantiriş uçun işlatiladi.

Ikkinçi zaiflik esa WordPress xavfsizlik jamoasi aʼzosi Rudy Faile tomonidan aniqlangan bölib, Customizer vositasida boş sahifani oldindan köriş funksiyasi bilan boğliq.

SQL-inyeksiya — dastur tomonidan maʼlumotlar bazasiga yuboriladigan sörovlar notöğri şakllantirilişi natijasida tajovuzkorning uşbu sörovlar bajarilişiga ruxsatsiz taʼsir körsatişiga imkon beruvçi zaiflik turidir.

Bunday zaifliklardan foydalaniş şaroitiga qarab, quyidagi xavflar yuzaga kelişi mumkin:

  • Maʼlumotlar bazasidagi axborotlarning ruxsatsiz öqilişi;
  • Maxfiy yoki xizmatga oid maʼlumotlarning oşkor bölişi;
  • Maʼlumotlar bazasidagi yozuvlarning özgartirilişi;
  • Veb-sayt faoliyatining buzilişi yoki ayrim funksiyalarning işlamay qolişi.

Biroq uşbu ikki zaiflikning aniq oqibatlari ulardan foydalaniş uçun zarur bölgan şaroitlar va maʼlumotlar bazasiga berilgan huquqlarga boğliq.

3. WordPress Multisite tarmoğini egallab oliş imkonini beruvçi zaiflik

Yangilanişda bartaraf etilgan yana bir jiddiy xavfsizlik muammosi WordPress Multisite funksiyasi bilan boğliq.

WordPress Multisite — bitta WordPress örnatmasi orqali bir neçta veb-saytni yagona tarmoq sifatida boşqariş imkonini beruvçi mexanizmdir.

Bunday muhitda alohida sayt administratori odatda faqat öziga biriktirilgan saytni boşqariş huquqiga ega böladi. Super Admin esa butun tarmoqdagi saytlar, foydalanuvçilar va umumiy sozlamalarni boşqarişi mumkin.

Xavfsizlik tadqiqotçisi Yuval Miller tomonidan aniqlangan zaiflik ayrim şaroitlarda alohida sayt administratoriga Super Admin hisobini egallaş imkonini berişi mumkin.

Natijada tajovuzkor bitta sayt doirasidagi boşqaruv huquqlaridan foydalanib, butun WordPress Multisite tarmoği ustidan nazoratni qölga kiritişi ehtimoli yuzaga keladi.

Bu esa bir neçta veb-saytni yagona platformada boşqaruvçi taşkilotlar uçun jiddiy xavf hisoblanadi.

Mazkur zaiflikdan foydalaniş uçun tajovuzkor avvaldan tegişli sayt administratori huquqlariga ega bölişi kerak. Şu jihati bilan u autentifikatsiyasiz foydalaniş mumkin bölgan Template Part zaifligidan farq qiladi.

4. XSS zaifliklari orqali foydalanuvçilar brauzerida zararli skriptlarni bajariş

WordPress 7.1.5 yangilanişi doirasida saytlararo skriptlarni bajariş (Cross-Site Scripting — XSS) bilan boğliq bir neçta xavfsizlik kamçiliklari ham bartaraf etilgan.

XSS zaifligi tajovuzkorga veb-sahifa tarkibiga zararli JavaScript kodlarini joylaştiriş va ularni boşqa foydalanuvçilarning brauzerida bajarişga erişiş imkonini berişi mumkin.

Xususan, aniqlangan muammolardan biri WordPress izohlar tizimidagi saqlanuvçi XSS (Stored XSS) zaifligi bilan boğliq bölib, undan foydalaniş uçun tajovuzkorning röyxatdan ötgan hisobga ega bölişi talab etilmaydi.

Saqlanuvçi XSS zaifligida zararli skript veb-saytda saqlanib qolişi va tegişli sahifani oçgan foydalanuvçilar brauzerida işga tuşişi mumkin.

Bunday holat quyidagi xavflarni keltirib çiqarişi ehtimoli mavjud:

  • Foydalanuvçilarni soxta sahifalarga yönaltiriş;
  • Veb-sahifa mazmunini ruxsatsiz özgartiriş;
  • Brauzer orqali foydalaniş mumkin bölgan ayrim maxfiy maʼlumotlarni qölga kiritiş;
  • Foydalanuvçi nomidan ruxsatsiz harakatlarni amalga oşiriş.

Bundan taşqari, yangilanişda eski media kutubxonasi, taşqi kontentni sahifaga joylaştiriş mexanizmlari hamda blokli muharrir bilan boğliq XSS muammolari ham bartaraf etilgan.

5. REST API orqali maxfiy maʼlumotlarning oşkor bölişi

WordPress 7.1.5 versiyasida REST API interfeysining qidiruv funksiyasi orqali ayrim maxfiy taksonomiya elementlari haqidagi maʼlumotlar oşkor bölişiga sabab böluvçi zaiflik ham tuzatilgan.

WordPress tizimida taksonomiya elementlari kontentni guruhlaş va tartibga soliş uçun işlatiladi. Ularga turkumlar, teglar va boşqa tasniflaş elementlari kiradi.

Aniqlangan zaiflik ayrim maxfiy taksonomiya elementlari haqidagi maʼlumotlarni autentifikatsiyadan ötmagan foydalanuvçilarga ham taqdim etişi mumkin edi.

Bunday holat veb-saytda ommaga oşkor qilinmasligi kerak bölgan kontent tuzilmasi yoki boşqa tegişli maʼlumotlarning ruxsatsiz olinişi xavfini yuzaga keltiradi.

6. XML-RPC Pingback mexanizmidagi xizmat körsatişni rad etiş zaifligi

Yangilaniş doirasida WordPress dasturining XML-RPC Pingback funksiyasiga taʼsir qiluvçi xizmat körsatişni rad etiş (Denial of Service — DoS) zaifligi ham bartaraf etilgan.

Pingback mexanizmi bir veb-saytdan boşqasiga havola berilganda tegişli bildirişnomalarni almaşiş uçun qöllaniladi.

Mazkur mexanizmdagi xavfsizlik kamçiligi ayrim şaroitlarda server resurslariga ortiqça yuklama yuzaga keltirişi va veb-saytning işlaş barqarorligiga salbiy taʼsir körsatişi mumkin.

Bunday hujumlar natijasida veb-saytning javob qaytariş tezligi pasayişi yoki xizmat körsatiş vaqtinça izdan çiqişi ehtimoli mavjud.

7. Izohlarni tahrirlaşdagi ruxsatlarni tekşiriş zaifligi

WordPress 7.1.5 versiyasida izohlarni tahrirlaş jarayonida foydalanuvçi huquqlarini tekşiriş bilan boğliq kamçilik ham bartaraf etilgan.

Mazkur turdagi zaifliklar foydalanuvçining öziga berilgan huquqlar doirasidan taşqarida muayyan harakatlarni amalga oşirişiga imkon berişi mumkin.

Bundan taşqari, yangilaniş tarkibida JSON maʼlumotlarining kontent turini tekşiriş mexanizmlarini kuçaytiriş hamda xizmat körsatişi töxtatilgan Imgur platformasiga oid eski joylaştiriş imkoniyatini olib taşlaş kabi profilaktik xavfsizlik özgarişlari ham mavjud.

Şuni taʼkidlaş kerakki, eʼlon qilingan 20 ta xavfsizlikka oid özgarişning barçasi mustaqil ekspluatatsiya qilinadigan zaiflik emas. Ularning ayrimlari ehtimoliy xavflarni oldindan bartaraf etişga qaratilgan himoya çoralaridir.

WordPress dasturining qaysi versiyalari yangilanişi kerak?

WordPress xavfsizlik jamoasi 7.1.5 versiyasini örnatişni tavsiya etgan. Şu bilan birga, eski dasturiy tarmoqlardan foydalanayotgan taşkilotlar uçun ham tegişli xavfsizlik tuzatişlari çiqarilgan.

WordPress versiyasiXavfsizlik yangilanishi
WordPress 7.1.x7.1.5
WordPress 7.0.x7.0.9
WordPress 6.9.x6.9.12
WordPress 4.7.x4.7.40
WordPress 4.6 va undan oldingiXavfsizlik yangilanishlari taqdim etilmaydi

Jadvalda eski tarmoqlarga oid ayrim misollar keltirilgan. Boşqa versiyalar uçun tegişli tuzatişlar mavjudligini WordPress rasmiy hujjatlari orqali tekşiriş zarur.

Muhim: WordPress 4.6 va undan oldingi versiyalardan foydalanayotgan taşkilotlarga xavfsizlik yangilanişlari bilan qöllab-quvvatlanadigan zamonaviy versiyaga ötiş tavsiya etiladi.

Şuningdek, 2026-yil 8-dekabrda WordPress 7.2 versiyasining yakuniy talqini çiqarilişi rejalaştirilgan. Biroq uşbu versiyani kutmasdan, mavjud xavfsizlik yangilanişlarini zudlik bilan örnatiş maqsadga muvofiq..

Zaifliklar qanday xavflarni yuzaga keltirishi mumkin?

WordPress 7.1.5 yangilanişida bartaraf etilgan xavfsizlik muammolari turli komponentlarga taʼsir qilişi sababli, ulardan foydalaniş oqibatlari ham bir-biridan farq qiladi.

Xususan, tegişli şaroitlarda quyidagi xavflar yuzaga kelişi mumkin:

  • Serverda zararli kodlarni bajariş: tajovuzkorning veb-serverda ruxsatsiz dasturiy kodlarni işga tuşirişi.
  • Maʼlumotlar bazasiga noqonuniy taʼsir körsatiş: SQL-inyeksiya orqali ayrim maʼlumotlarni öqiş yoki özgartiriş.
  • Administrator huquqlarini egallaş: WordPress Multisite muhitida alohida sayt administratori huquqlaridan butun tarmoqni boşqariş darajasigaça kötariliş.
  • Foydalanuvçilarga zararli skriptlarni yetkaziş: XSS zaifliklari orqali foydalanuvçilarning brauzerlarida zararli JavaScript kodlarini bajariş.
  • Maxfiy axborotlarning oşkor bölişi: REST API orqali ruxsatsiz foydalaniş mumkin bölmagan ayrim maʼlumotlarni oliş.
  • Veb-saytlar faoliyatining izdan çiqişi: XML-RPC Pingback mexanizmidagi kamçilikdan foydalanib, server resurslariga ortiqça yuklama hosil qiliş.

Uşbu xavflarning amalda yuzaga kelişi veb-sayt konfiguratsiyasi, foydalanuvçi huquqlari, qöllanilayotgan himoya vositalari va zaifliklardan foydalaniş şaroitlariga boğliq.

Zaifliklarni bartaraf etiş böyiça tavsiyalar

WordPress asosida faoliyat yuritayotgan axborot tizimlari administratorlari va kiberxavfsizlik uçun masʼul mutaxassislarga quyidagi çoralarni amalga oşiriş tavsiya etiladi.

  1. WordPress dasturini zudlik bilan yangilaş.

Birinçi navbatda, taşkilot infratuzilmasida foydalanilayotgan barça WordPress veb-saytlarining joriy versiyasini aniqlaş zarur.

Buning uçun WordPress boşqaruv panelidagi quyidagi bölimga ötiş mumkin:

Daşboard → Updates → Update Now

Yangilaş jarayoni yakunlangandan söng WordPress 7.1.5 yoki tegişli xavfsizlik tuzatişlarini öz içiga olgan boşqa qöllab-quvvatlanadigan versiya örnatilganini tekşiriş lozim.

Avtomatik yangilaniş funksiyasi yoqilgan bölsa ham, yangilanişning muvaffaqiyatli amalga oşirilganini alohida nazorat qiliş tavsiya etiladi.

  1. Veb-sayt maʼlumotlarining zaxira nusxalarini yaratiş.

Dasturiy taʼminotni yangilaşdan oldin veb-sayt fayllari, maʼlumotlar bazasi, konfiguratsiya sozlamalari va boşqa muhim maʼlumotlarning zaxira nusxalarini yaratiş zarur.

Zaxira nusxalarining yaxlitligini va zarur hollarda ulardan maʼlumotlarni qayta tiklaş imkoniyatini tekşiriş muhim hisoblanadi.

  1. Foydalanuvçilar huquqlarini qayta körib çiqiş.

WordPress boşqaruv panelida röyxatdan ötgan foydalanuvçilar, xususan, Administrator va Super Admin huquqlariga ega hisoblar tekşirilişi lozim.

Zarurat bölmagan hollarda yuqori darajadagi huquqlarni çeklaş, foydalanilmayotgan hisoblarni öçiriş va administratorlar uçun köp faktorli autentifikatsiyani (MFA) joriy etiş tavsiya etiladi.

WordPress Multisite muhitida esa alohida sayt administratorlarining vakolatlari va tarmoq miqyosidagi boşqaruv huquqlarini qöşimça nazorat qiliş zarur.

  1. Qöşimça modullar va mavzular xavfsizligini tekşiriş.

WordPress Core yangilanişi bilan bir qatorda, veb-saytda foydalanilayotgan plaginlar va dizayn mavzularining ham xavfsiz versiyalari örnatilganini tekşiriş lozim.

Eskirgan, qöllab-quvvatlanmaydigan yoki foydalanilmayotgan plaginlarni olib taşlaş tavsiya etiladi.

  1. XML-RPC va REST API xizmatlarining xavfsizlik sozlamalarini tekşiriş.

Taşkilot veb-saytida XML-RPC funksiyasidan foydalaniş zaruratini baholaş, kerak bölmagan funksiyalarni çeklaş hamda REST API orqali maxfiy maʼlumotlarning oşkor bölişiga yöl qöymaslik zarur.

Bunda WordPress va uning qöşimça modullari işlaşi uçun zarur bölgan funksiyalarni asossiz çeklab qöymaslik kerak.

Veb-sayt faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boriş.

Veb-server, WordPress va maʼlumotlar bazasi jurnallarini muntazam tahlil qiliş, şubhali sörovlar va ruxsatsiz özgarişlarni aniqlaş zarur.

Xususan, quyidagi holatlarga eʼtibor qaratiş tavsiya etiladi:

  • Administrator huquqlariga ega nomaʼlum foydalanuvçi hisoblarining paydo bölişi;
  • Veb-sayt fayllari va konfiguratsiyalariga kutilmagan özgartirişlar kiritilişi;
  • Maʼlumotlar bazasiga yuborilayotgan noodatiy sörovlar;
  • Izohlar va boşqa foydalanuvçi kiritadigan maydonlarda şubhali skriptlarning aniqlanişi;
  • XML-RPC va REST API interfeyslariga köp sonli yoki noodatiy murojaatlarning kuzatilişi;
  • Serverda nomaʼlum PHP fayllari, jarayonlar yoki taşqi tarmoq ulanişlarining paydo bölişi.

Mazkur belgilar aniqlangan taqdirda, tegişli texnik maʼlumotlar saqlanişi va ehtimoliy kiberhodisa yuzasidan qöşimça tekşiruvlar ötkazilişi lozim.

Xulosa

WordPress 7.1.5 versiyasida bartaraf etilgan 20 ta xavfsizlik muammosi platformaning turli komponentlarida mavjud bölgan jiddiy xavflarni kamaytirişga qaratilgan.

Ayniqsa, autentifikatsiyasiz huquqlarni oşiriş va ehtimoliy masofaviy kod bajariş, SQL-inyeksiya, WordPress Multisite tarmoğida yuqori darajadagi huquqlarni egallaş hamda XSS zaifliklari veb-saytlar xavfsizligiga jiddiy tahdid solişi mumkin.

Mazkur zaifliklardan real kiberhujumlarda foydalanilgani haqida taqdim etilgan maʼlumotlarda tasdiqlangan dalillar keltirilmagan bölsa-da, ularning texnik xususiyatlari va ehtimoliy oqibatlari xavfsizlik yangilanişlarini keçiktirmasdan örnatiş zarurligini körsatadi.

Şu munosabat bilan WordPress platformasidan foydalanayotgan barça taşkilotlarga dasturiy taʼminotni 7.1.5 yoki tegişli xavfsizlik tuzatişlari mavjud bölgan versiyaga yangilaş, foydalanuvçilar huquqlarini qayta körib çiqiş, qöşimça modullar xavfsizligini tekşiriş hamda veb-resurslar faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boriş tavsiya etiladi.