Ma'lumotlarni tiklash

Tahlil qilinadigan axborot tashuvchilar va tizimlar

HD

Qattiq disklar — HDD

SD

SSD qurilmalari

USB

USB flesh-xotiralar

RAID

Server disk massivlari

NAS

Tarmoq xotira qurilmalari

VM

Virtual mashinalar

BK

Zaxira nusxalari

+

Boshqa elektron axborot tashuvchilar

Ma’lumotlar tiklanishi mumkin bo‘lgan holatlar

  • Fayllarning tasodifan o‘chirilishi
  • Disk yoki bo‘limning formatlanishi
  • Fayl tizimining buzilishi
  • Disk bo‘limlarining yo‘qolishi
  • Ma’lumotlar bazasining buzilishi
  • Noto‘g‘ri yangilanish yoki konfiguratsiya o‘zgarishi
  • Foydalanuvchi yoki administrator xatosi
  • Kiberhujum oqibatida ma’lumotlarning o‘chirilishi yoki o‘zgartirilishi

Ma’lumotlarni tiklash jarayoni

01

Dastlabki diagnostika

Axborot tashuvchining texnik holati va ma’lumotlarning saqlanib qolish darajasi baholanadi.

02

Bitli nusxa olish

Qurilmaga qo‘shimcha zarar yetkazmaslik uchun uning bitli nusxasi yoki disk tasviri yaratiladi.

03

Texnik tahlil

Fayl tizimi, disk bo‘limlari, kataloglar, metama’lumotlar va buzilgan fragmentlar o‘rganiladi.

04

Qayta tiklash

Tiklash imkoniyati mavjud fayllar aniqlanib, alohida xavfsiz axborot tashuvchiga qayta tiklanadi.

Tahlil va qayta tiklash ishlari

Tiklash jarayonida, avvalo, axborot tashuvchining texnik holati va ma’lumotlarning saqlanib qolish darajasi baholanadi. Shundan so‘ng qurilmaga qo‘shimcha zarar yetkazmaslik uchun uning nusxasi yoki disk tasviri olinib, asosiy tahlil mazkur nusxa ustida amalga oshiriladi.

Tahlil davomida fayl tizimi tuzilmasi, o‘chirilgan bo‘limlar, kataloglar, fayl metama’lumotlari va buzilgan ma’lumotlar fragmentlari o‘rganiladi. Maxsus dasturiy hamda dasturiy-texnik vositalar va usullar yordamida qayta tiklash imkoniyati mavjud bo‘lgan fayllar aniqlanadi hamda qayta tiklanadi.

!

Muhim ma’lumot

Ma’lumotlarni tiklash imkoniyati qurilmaning texnik holati, fayllar ustiga yangi ma’lumot yozilganligi va qurilmaning shikastlanish darajasiga bog‘liq. Shu sababli barcha ma’lumotlarni to‘liq tiklash har doim ham kafolatlanmaydi.

Xizmat yakunida amalga oshiriladigan ishlar

  • Tiklash imkoniyati baholanadi
  • Qurilmaning bitli nusxasi yoki disk tasviri orqali ma’lumotlar qayta tiklanadi
  • Qayta tiklangan ma’lumotlar alohida xavfsiz tashuvchiga ko‘chiriladi
  • Tiklangan fayllarning holati va yaxlitligi tekshiriladi

Yakuniy natija

Tiklash ishlari yakunida qayta tiklangan ma’lumotlar xavfsiz axborot tashuvchiga joylashtiriladi va ularning yaxlitligi hamda foydalanishga yaroqlilik holati tekshiriladi.