UZCERT haqida

Kiberxavfsizlik hodisalariga chora ko‘rish xizmati

UZCERT missiyasi milliy kibermakonda tahdidlar darajasini pasaytirish va axborot xavfsizligi hodisalarining oldini olishdan iborat.
UZCERTning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
• kibertahdidlar haqidagi ma’lumotlarni markazlashtirilgan tarzda to‘plash, tahlil qilish, almashish va bartaraf etish;
• kiberhujumlar va kiberxavfsizlik hodisalariga tezkor chora ko‘rish;
• davlat tashkilotlarining kiberxavfsizligi bo‘linmalari axborot xavfsizlik hodisalariga chora ko‘rish faoliyatini muvofiqlashtirish;
• tarmoq CERT/CSIRT guruhlarini tashkil etish va rivojlantirishda ko‘maklashish;
• kiberxavfsizlikni ta’minlash masalalari bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish va maslahatlar berish;
• kiberxavfsizlik sohasida tajriba almashish bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.