Tashkilotlarning axborot infratuzilmasida kiberxavfsizlikni ta'minlash bo'yicha tavsiyalar
―Foydalanilayotgan dasturiy ta’minotlarni va operatsion tizimlarni o‘z vaqtida yangilab boring, agar dasturiy ta’minotda zaifliklar bartaraf etilmagan bo’lsa, siz ushbu mahsulotdan foydalanishni vaqtinchalik to’xtatib turishingiz kerak;
―Ishlatilmaydigan tarmoq xizmatlari va portlarini o‘chirib qo‘yish yoki tashqi internet uchun yopish (Misol uchun: portlarni faqatniga TAS-IX tarmog‘i uchun ochish yoki faqatgina ishonchli IP-manzillar uchun yoqish);
―Ish stantsiyalariga masofaviy ulanish uchun VPN tunnellarini sozlashda litsenziyalangan vositalardan foydalanish;
―RDP orqali Windows ish stoliga masofaviy ulanish imkoniyatini o‘chirib qo‘yish yoki faqatgina ishonchli IP-manzillar uchun yoqish;
―Ping so‘rovlariga javoblarni blokirovka qilish qoidasini o‘rnatish;
―Potentsial keraksiz ilovalarni blokirovka qilish qoidasini o‘rnatish;
―Ikki faktorli yoki murakkab autentifikatsiyadan foydalanish;
―TLS v1.2 yoki TLS v1.3 xavfsiz protokollaridan foydalanish;
―Veb-ilovalarni kiberhujumlardan himoya qilish vositalarini sozlash, masalan: saytlararo so‘rovlarni soxtalashtirish (CSRF), saytlararo skriptlarni ishlatish (XSS), SQL-inyektsiya va boshqalar;
―Hodisalarga javob berish rejasini ishlab chiqish;
―Muntazam ravishda ma’lumotlarni zaxira nusxalarini ko‘chirish hamda shifrlash;
―Tashkilot xodimlariga kibergigiyena qoidalarini o‘rgatish;
―Litsenziyalangan operatsion tizimlar, xavfsizlik dasturlari va plaginlari, shuningdek, serverlar va kompyuterlarni zararli dasturlardan himoya qilish uchun antivirus dasturlaridan foydalanish hamda ularning viruslar bazasini muntazam ravishda yangilab borish;
―Tashkilotda axborot xavfsizligi auditini o‘tkazish;
― Xodimlarga faqat ish jarayonida kerak bo’ladigan resurslardan foydalanish bilan bog’liq cheklovlarni belgilash;
― Korporativ elektron pochtani spam va fishing xatlaridan himoya qilish uchun «SPF va DMARC» siyosatini sozlang.
+99871 203 00 23
info@uzcert.uz
Kiberhodisa haqida xabar berish: incident@uzcert.uz
Toshkent shahar, Mirobod tumani, Taras shevchenko ko‘chasi 20-uy