CYBERKENT 2.0. Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024
2024-yilning 9-10 oktyabr kunlari “Kiberxavfsizlik sammiti – Markaziy Yevroosiyo, CSS 2024” o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Dastur doirasida “Cyberkent 2.0” respublika musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan, “Kiberxavfsizlik markazi” mazkur tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlar uchun saralash bosqichini e’lon qiladi!
Musobaqada quyidagi 3 ta ko‘rinishdan birida ishtirok etish imkoniyati mavjud:
⏺Blue team (Himoyachi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 5 ta jamoa tanlab olinadi.
🔴Red team (Hujumchi jamoa) – har bir jamoa 3 kishidan 5 kishigacha a’zolardan iborat bo‘ladi. Saralash bosqichi orqali eng yuqori ball to‘plagan 10 ta jamoa tanlab olinadi.
🟢Ochiq topshiriqlar – Yakka tartibda ishtirok etadiganlar uchun alohida yo‘nalish.
2024-yil 27-avgustda Blue Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 14-avgustdan 24-avgustgacha qabul qilinadi.
2024-yil 17-sentyabrda Red Team jamoalari uchun saralash bosqichi o’tkaziladi. Ishtirok etish uchun arizalar 4-sentyabrdan 14-sentyabrgacha qabul qilinadi.
Saralash musobaqalari ctf.cyberkent.uz sayti orqali onlayn ko‘rinishida bo’lib o’tadi.
❗️Ta’kidlash joizki, bir yo‘nalishda ishtirok eta turib, ikkinchisida parallel ishtirok eta olmaysiz!
“Cyberkent 2.0” g‘oliblari quyidagi tartibda rag‘batlantiriladi:
Blue team (himoyachi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
Red team (hujumchi)
🥇1-o‘rin –50 mln so‘m
🥈2-o‘rin –30 mln so‘m
🥉3-o‘rin –10 mln so‘m
Ochiq topshiriqlar
🥇1-o‘rin –10 mln so‘m
🥈2-o‘rin –6 mln so‘m
🥉3-o‘rin –3 mln so‘m
✅Bundan tashqari, g‘oliblar sertifikat va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanadilar.