
Chrome’da jiddiy zaiflik aniqlandi
Google kompaniyasi Chrome brauzeridagi juda xavfli zaiflik haqida ogohlantirdi. Barcha foydalanuvchilarga esa brauzerni zudlik bilan yangilash tavsiya qilinmoqda. Ayni damda ushbu zaiflik xakerlar tomonidan faol tarzda ekspluatatsiya qilinmoqda.
CVE-2025-5419 deb nomlangan ushbu xatolik Chrome’ning JavaScript (V8) tizimida aniqlangan. Uning yordamida hujumchilar brauzer orqali qurilmaga zararli kod joylashtirib, uni masofadan turib ishga tushira oladi.
Muammo xotira bilan ishlashdagi nosozlik — «out-of-bounds read/write» deb nomlanuvchi holat bilan bog‘liq. Bu esa boshqa dasturlarga tegishli xotira hududlariga kirib, maxfiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash yoki zararli buyruqlarni bajarish imkonini beradi.
Google ushbu zaiflikni Chrome’ning yangi versiyasi — 137.0.7151.68/.69 da tuzatgan. Hozirda yangilanish Windows, Mac va Linux foydalanuvchilari uchun bosqichma-bosqich tarqatilmoqda.
Bundan tashqari, Chrome’ning Blink render tizimida ham yana bir zaiflik aniqlangan. Bu xatolik ham xotira bilan bog‘liq bo‘lib, foydalanuchining aralashuvisiz brauzerga zarar yetkazishi mumkin. U o‘rtacha darajadagi xavf sifatida baholangan.
Nima qilish kerak?
- Chrome’ni hoziroq yangilang: Sozlamalar > Chrome haqida bo‘limiga o‘ting va yangilanishni kuting.
- Chrome versiyasi: 137.0.7151.68 yoki undan yuqori bo‘lishi lozim.
- Doimiy yangilab turing: Ayniqsa xavfli zaifliklar aniqlangan vaqtda brauzerni darhol yangilash zarur.
Tashkilotlar uchun tavsiyalar:
- Chrome brauzerini markazlashgan tarzda yangilashni yo‘lga qo‘ying.
- Internet-trafikni nazorat qiling, shubhali saytlarni bloklang.
- Foydalanuvchilarga xabardorlik bering va yangilanishlarning ahamiyatini tushuntiring.
Xulosa:
Chrome’dagi bu zaiflik real tahdid bo‘lib, xakerlarga qurilmangizni nazoratga olish imkonini berishi mumkin. Shuning uchun, brauzeringizni hoziroq yangilang va shaxsiy hamda tashkilot xavfsizligingizni ta’minlang. olishlari mumkin. Shuning uchun, brauzeringizni hoziroq yangilab, xavfsizligingizni ta’minlang.