
Apache Tomcat’da xavfli DoS zaifligi aniqlandi – Exploit kodi ommaga e’lon qilindi
2025-yil 5-iyun kuni xavfsizlik tadqiqotchilari tomonidan Apache Tomcat 10.1.10 – 10.1.39 versiyalariga taalluqli CVE-2025-31650 raqamli xavfli zaiflik uchun PoC (Proof-of-Concept) exploit kodi ommaga e’lon qilindi.
Mazkur zaiflik orqali xakerlar serverga xotira asosidagi xizmatdan chiqarish hujumi (DoS) uyushtirishi va butun web ilova faoliyatini izdan chiqarishi mumkin.
HTTP/2 protokolining priority headerlari noto‘g‘ri ko‘rinishda yuborilganda, Tomcat’ning xotira boshqaruvi izdan chiqadi. Bu orqali:
- Xotira oqimi (Memory Leak) yuzaga keladi,
- Server asta-sekin haddan tashqari xotira iste’mol qiladi,
- Natijada xizmat to‘xtaydi yoki
OutOfMemoryErrorbilan qulab tushadi.
Zaiflikning CVSS 3.1 reytingi: 7.5 – Yuqori xavf
Python dasturida yozilgan TomcatKiller deb nomlangan ekspluatator:
- 300 tagacha asinxron so‘rovlarni ishga tushiradi,
- Har biri 100,000 dan ortiq noto‘g‘ri
priorityheader yuboradi, - Bu headerlar quyidagicha ko‘rinishda:
u=-1,q=2,u=4294967295,q=-1va hokazo.
Bu holatda, server har bir noto‘g‘ri so‘rovni qayta ishlashda xotirani to‘liq tozalay olmaydi, natijada uni to‘ldirib qo‘yadi.
Xavf omillari
| Ko‘rsatkich | Tafsilotlar |
|---|---|
| 🎯 Ta’sir ko‘lami | Apache Tomcat 10.1.10 – 10.1.39 |
| 🚀 Tahdid turi | Xotira asosidagi DoS hujumi |
| 🔐 Foydalanuvchi roli | Autentifikatsiyasiz |
| 🌐 Protokol | HTTP/2 yoqilgan holatda |
| 📈 CVSS reytingi | 7.5 (Yuqori darajadagi tahdid) |
🛡 Qarshi chora-tadbirlar
- Tomcat yangilanishi:
- Darhol Tomcat 10.1.40 yoki undan yuqori versiyaga yangilanish lozim.
- HTTP/2 protokolini vaqtincha o‘chirib qo‘yish:
- Kritik tizimlarda HTTP/2’ni o‘chirib qo‘yish exploitni bloklashi mumkin.
- Tarmoq darajasida cheklovlar joriy etish:
- Rate limiting (IP/sessiya bo‘yicha),
- IDS/IPS tizimlariga noto‘g‘ri header’larni aniqlovchi qoidalar kiritish.
- Xotira monitoringini yoqish:
- JVM xotira iste’molini real vaqtda kuzatish,
- OutOfMemoryError holatlarini aniqlovchi alertlar o‘rnatish.
Apache Tomcat CVE-2025-31650 zaifligi – bu oddiy DDoS emas. U ko‘p resurs talab qilmasdan serverni xotira jihatidan izdan chiqarishga qaratilgan. Hujum kam sonli so‘rovlar orqali katta zararga olib keladi.
📌 Agar siz Apache Tomcat ishlatayotgan bo‘lsangiz, serveringizni bugunoq tekshiring:
- HTTP/2 yoqilganmi?
- Versiyangiz 10.1.10–10.1.39 oralig‘idami?
Agar ha, darhol yangilang! Bu zaiflik orqali hujumlar allaqachon real hayotda kuzatilmoqda.
📢 Kiberxavfsizlik sohasidagi eng so‘nggi yangiliklar, tahlillar va zamonaviy himoya strategiyalarini kuzatmoqchimisiz?
Unda @uzcert_live rasmiy Telegram kanaliga a’zo bo‘ling:
👉 https://t.me/uzcert_live



