Internetdan foydalanadigan har bir yosh avlod bu oddiy qoidalarni bilishi va yodda tutishi zarur
Internet: asosiy xavflar
Bugungi kunda internet zamonaviy hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Internet bizga ma’lumot qidirish, do’stlarimiz bilan bog‘lanishga, o‘yinlar bilan hordiq olish va ko‘plab boshqa imkoniyatlarni taqdim etadi. Ammo, hozirgi kunda Internet tarmog‘ida xavfsizlikni ta’minlash dolzarb bo‘lib, unda ba’zi xavf-xatarlar mavjud. Xo‘sh, Internet tarmog‘ida bolalarga qanchalik havf-xatarlar mavjud?
1. Shaxsiy ma’lumotlarni asrash
Internetda ko’plab shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish oson. Biroq, shaxsiy ma’lumotlarni (ism, manzil, telefon raqami) Internetda oshkor qilish xavfli bo’lishi mumkin. Bu ma’lumotlar yomon niyatli odamlar tomonidan ishlatilishi mumkin. Shuning uchun, bolalar internetda shaxsiy ma’lumotlarni joylamasliklari kerak.
Bundan qanday himoyalanish lozim: Shaxsiy ma’lumotlarni internetda faqat ishonchli va xavfsiz saytlarda, shuningdek faqatgina zarur hollarda kiritish kerak. (Yosh bolalar doimo ota-onasining nazoratida bo‘lmog‘i lozim! )
2. Tanish bo’lmagan odamlar bilan muloqot qilishda ehtiyot bo’ling!
Internetda har xil odamlar bilan virtual uchrashish mumkin. Ba’zi odamlar yaxshi niyat bilan emas, balki yomon niyat bilan muloqot qilishadi. Ular bolalarni aldash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini olish yoki yomon narsalarni o’rgatishga harakat qilishlari mumkin.
Bundan qanday himoyalanish lozim: Tanish bo’lmagan odamlar bilan shaxsiy ma’lumotlarni baham ko‘rmaslik kerak. Shuningdek, bolalar internetda uchrashgan odamlar haqida ota-onalariga xabar berishlari lozim.
3. Internetdagi yomon kontent va uning ta’siri
Internetda ba’zi kontentlar, masalan, zararli yoki nojo‘ya materiallar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu kontent sizning ruhiy holatingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Shuningdek, ba’zi odamlar internetda sizni qiziqtiradigan yoki xavfli bo‘lgan narsalarni taklif qilishlari mumkin.
Bundan qanday himoyalanish lozim: Internetda ko‘rganingiz va o‘qiganingizni ushbu ma’lumotni ajratib olishda ehtiyot bo‘lishingiz kerak. Ota-onalaringiz sizga qanday saytlar va kontentlarga kirish xavfsizligi haqida yordam berishi mumkin. Agar siz yomon yoki nojuya kontentga duch kelsangiz, darhol ota-onangizga ayting.
4. Yolg’on ma’lumotlar va firibgarlik
Internetda har xil ma’lumotlar mavjud va ularning hammasi ham to’g’ri emas. Ba’zi saytlarda firibgarlik yoki yolg‘on ma’lumotlar bo’lishi mumkin. Bu esa bolalarni noto’g’ri qarorlar qabul qilishga olib kelishi mumkin.
Bundan qanday himoyalanish lozim: Ota-onalar bolalarga internetdagi ma’lumotlarning har doim haqiqatga mos kelmasligini tushuntirish va qanday qilib ishonchli manbalarni tanlashni o’rgatish lozim.
5. Internetga bog‘lanish
Ko‘p vaqt internetda o‘tkazish sizning o‘qish va kundalik hayotingizga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bu holat sizni internetga bog‘lab qo‘yishi va vaqtni samarali o‘tkazishni qiyinlashtirishi mumkin.
Qanday saqlanish kerak: Internetda vaqtni samarali rejalashtiring va o‘zingizga vaqt cheklovlarini o‘rnatishingiz kerak. O‘qish va boshqa muhim ishlarni internetdan foydalanishdan oldin bajarishga harakat qiling.
Xulosa qiliob aytganda, Internetning imkoniyatlaridan foydalanish juda ham qulay va foydali, lekin xavflardan xabardor bo’lish, ular bilan qanday kurashishni bilish o‘ta muhimdir. Bolalarga internet xavfsizligini ta’minlashda ota-onalar va tarbiyachi ustozlarning roli juda katta. Doimiy ravishda xavfsizlik qoidalarini tushuntirib, nazorat qilib borish bolalarning internetdan xavfsiz foydalanishlarini ta’minlaydi.