
Hook Version 3: Android qurilmalar uchun yangi, juda xavfli bank troyani
Android qurilmalari uchun yaratilgan Hook nomli zararli dastur yana takomillashdi. Hook Version 3 deb nomlangan ushbu yangi versiya mobil banking troyanlari ichida eng xavflilaridan biri hisoblanadi. Endi u nafaqat bank hisoblarini o‘g‘irlash, balki qurilmani to‘liq boshqarish, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash va hatto foydalanuvchini pul to‘lashga majburlash kabi imkoniyatlarga ega.
Nima uchun bu versiya xavfli?
Hook Version 3:
- 107 ta masofaviy buyruqni qo‘llaydi (38 tasi yangi);
 - Qurilmani to‘liq nazorat ostiga olish, ilovalarni boshqarish va foydalanuvchi harakatlarini kuzatishga qodir;
 - Ekran qulfigini chetlab o‘tib, PIN kodni avtomatik kiritadi;
 - Soxta NFC to‘lov oynalarini ko‘rsatib, foydalanuvchini aldashi mumkin;
 - Qurilmani ransomware uslubida qulflab, kriptovalyuta orqali to‘lov talab qiladi.
 
Qanday tarqatilmoqda?
Avvallari bunday dasturlar odatda soxta veb-saytlar orqali tarqatilgan bo‘lsa, Hook Version 3 endi GitHub orqali tarqatilmoqda. Bu foydalanuvchilarni chalg‘itadi, chunki GitHub ko‘pchilik uchun ishonchli platforma sifatida tanilgan. Hujumchilar bu yondashuv bilan kengroq auditoriyaga yetib borishmoqda.
Asosiy hujum usullari
- Ransomware-uslubidagi bloklash: Qurilmani butunlay qulflab, foydalanuvchidan pul talab qiladi.
 - Soxta NFC interfeyslari: Haqiqiy to‘lov oynasiga o‘xshash soxta sahifalar chiqaradi.
 - Ekran qulfigini buzish: PIN kodni avtomatik kiritib, qurilmaga to‘liq kirish imkonini beradi.
 
Xavfsizlik bo‘yicha tavsiyalar
- Ilovalarni faqat Google Play orqali yuklab oling.
 - Accessibility ruxsatlarini faqat ishonchli ilovalargagina bering.
 - Mobil xavfsizlik dasturidan foydalaning va uni yangilab boring.
 - Har qanday platformadan yuklab olinayotgan APK fayllariga ehtiyotkorlik bilan yondashing, hatto GitHub kabi ishonchli saytlardan bo‘lsa ham.
 
Hook Version 3 mobil tahdidlarning yangi bosqichini ko‘rsatmoqda – endi bunday zararli dasturlar nafaqat bank hisoblaringiz, balki butun qurilmangiz ustidan nazorat o‘rnatishga qodir. Android foydalanuvchilari yanada hushyor bo‘lishlari shart.



