Antivirus ilovalari

Hozirgi kunda jahon va O’zbekiston Internet segmentida viruslar bilan zararlangan va “Bot-tarmoqlari”ning bir qismiga aylangan qurilmalar soni ortib bormoqda.

“Bot tarmog‘i” – bu dasturiy ta’minot bo‘lib, bir nechta Internet tarmog‘iga ulangan qurilmalardan tashkil topadi. “Bot-tarmog‘i” ichidagi zararli dastur jabrlanuvchining qurilmasiga yashirincha o‘rnatiladi hamda tajovuzkorga zararlangan kompyuter resurslaridan foydalangan holda muayyan harakatlarni amalga oshirishga imkon yaratib beradi.


“Bot-tarmoq”larga qarshi kurashning dolzarbligi va ahamiyatini inobatga olgan holda, Windows va Android operatsion tizimlarida ishlovchi zararlangan (mobil telefonlar, planshetlar, kompyuterlar va boshqalar) qurilmalarni virusdan tozalash va ehtimoliy zararlanishlarni oldini olishda antivirus dasturiy ta’minotlaridan foydalanishingizni so‘raymiz. Antivirus dasturiy ta’minotlarini (cheklangan muddatli demo versiya) quyidagi veb-havolalar orqali yuklab olishingiz mumkin:
1. “https://bit.ly/3cx8WvD” - Dr.Web Android OT uchun*.
2. “https://bit.ly/3GVBt7N” - Dr.Web Windows OT uchun*.
3. “https://bit.ly/3oXDGcN” - Kaspersky Security Android OT uchun*.
4. “https://bit.ly/3gSltsM” - Kaspersky Anti-Virus Windows OT uchun*.

*Foydalanuvchi uchun eslatma: yuqoridagi havolalarni bosish orqali Siz Doctor Web va Kaspersky Lab yetakchi kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan antivirus dasturining bepul demo versiyalarini (ixtiyoriy) yuklab olishingiz mumkin bo‘ladi. O‘rnatilgan antivirus dasturi zararlangan qurilmalarni ma'lum zararli dasturlar va troyanlardan tozalash uchun ishlatilishi mumkin.

**Yuqoridagi havolalar yangilanib boriladi.

***Shuningdek, yuqoridagi dasturiy ta’minotlarning ishlash muddati cheklangan va qurilmalarni 100% himoyalashni kafolatlamaydi.